"Marca" nashri o'z o'quvchilari o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi: "Real" inqirozida bosh aybdor deb kimni hisoblaysiz?"
Madrid matbuoti jamoaning muvaffaqiyatsizligida asosan Zayniddin Zidanni ayblayotgan bo'sa, muxlislar boshqacha fikrda. Ishqibozlar asosiy mas'uliyatni futbolchilar zimmasiga yuklashmoqda. So'rovnomada ishtirok etganlarning 45 foizi o'yinchilarni asosiy aybdor deb hisoblashgan.
Fanatlarning uchdan bir qismi aybdor sifatida "Qirollik klubi" bosh murabbiyni ko'rsatishgan. So'rovnomada ishtirok etganlarning 22 foizi jamoaning omadsizligini mavsumoldi tayyorgarlikning yomon bo'lgani bo'lgani bilan izohlagan.