Ispaniya chempionatning 19-turidan o'rin olgan «Real» va «Vilyarreal» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda mehmonlar o'z tarixida birinchi marta Madriddan g'alaba (1:0) bilan qaytdi.
Natijada «Real» navbatdagi muvaffaqiyatsizlikka uchradi va EChL uchun beriladigan yo'llanma uchun beriladigan o'rinlar ham endi kurashib qo'lga kiritiladigan bo'lib qoldi. Klub himoyachisi Marselo jamoaning o'yinlariga izoh bera turib «Real»ning cho'kayotganini alohida ta'kdlab o'tdi.
Goal.com internet-nashri rassomi Umar Mo'maniy esa bu holatda tezda munosabat bildirdi. Iordaniyalik karikatura ustasi «Real»ning holati cho'kayotgan «Titanik» kemasiga o'xshatdi. Bu o'rinda mashhur filmdagi Jek rolida Zidan, qiz Rouz rolida esa Krishtianu Ronaldu tasvirlangan.