Xabaringiz bor, Madridning “Real” klubi kecha o'z maydonida “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy berdi. 0:1.
Gap shundaki, madridliklar ushbu o'yinda raqib darvozasi tomon 28 ta zarba yo'llashgan, shundan 7tasi to'g'ri borgan. Ya'ni bir o'yinda bir jamoa futbolchilari 28 marta zarba yo'llashgan. Bu ko'rsatkich bilan “Real” La Liga jamoalari orasida rekord o'rnatdi.
Ma'lumot uchun, “Vilyarreal” darvozasi tomon Krishtianu Ronaldu 11 marta, Toni Kroos – 5, Garet Beyl va Luka Modrich – 3dan va yana olti futbolchi bir martadan zarba yo'llagan biroq ularning birortasi golli holatni sodir etmagan.