Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 19-tur doirasida “Vilyarreal”ga yutqazdi. 0:1.
Gap shundaki, “Vilyarreal” klubi ilk marta o'z tarixida “Santyago Bernabeu” stadionidag'alaba qozondi. Bugunga qadar “Vilyareal” “Real” maydonida 12 marta mag'lubiyat va 5 marta durang o'ynagan.
Shuningdek, “Real” 2009 yilning mayidan beri La Liga o'yinlarida ikki marta ketma-ket mag'lubiyatga uchradi.Bundan avval madridliklar 17-turda“Barselona”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishgandi.
2009 yilda ham xuddi shu holat takrorlangandi, ya'ni Madridda “Barsa”ga 2:6 hisobida mag'lubiyatga uchragan, “Real” “Malorka”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.