«Real»da 11-mavsumni o'tkazayotgan braziliyalik himoyachi Marselo «Vilyarreal»ga qarshi kechgan va 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlangan o'yindan keyin jamoasining keyingi vaqtlardagi natijalari haqida fikr bildirdi.
«Bu men bu erga kelib ko'rgan eng yomon vaziyat. Biz yaxshi futbol namoyish etishga harakat qilmoqdamiz, to'p bilan harakatlanib, gol urishga intilmoqdamiz. Ammo o'xshamayapti.
Shuni his qilmoqdamanki, biz tarqoqmiz va cho'kmoqdamiz. Biz bunday yomon holatga loyiq emasmiz, yaxshi o'ynayapmiz deb o'ylayman, ammo to'p darvozaga kirishni istamayapti. Negaligini men tushuntirib bera olmayman. Biz qattiq zarba oldik, ammo keyingi o'yinda o'zimizga kelishga harakat qilamiz», — deya Marseloning so'zlarini keltirgan VVS.
18 yanvar kuni «Real»ni Ispaniya Kubogi chorak finalida «Leganes»ga qarshi o'yin kutmoqda.