«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Vilyarreal»ga qarshi o'yin (0:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Muammo shundaki, biz gol ura olmayapmiz va qiyinchiliklarga duch kelyapmiz. Biz mag'lubiyatga munosib emasdik. O'ylaymanki, biz yaxshi o'yin o'tkazdik. Lekin gol ura olmadik. Bu esa ahvolimizni qiyinlashtirib qo'ydi.
To'p darvozaga kirishni istamadi. Vaziyatlar yuzaga kelganda, ulardan foydalanishimiz kerak. So'nggi o'yinlarda shunday muammolarga duch kelyapmiz. Gol urish uchun vaziyatlar yaratyapmiz, ammo yakunda... Biz bunga munosib emasdik.
Ahvolimiz og'irlashmoqda. Bugun biz yutqazdik, lekin taslim bo'lishimiz kerak emas. Ishlashda davom etish kerak. Shuncha salbiy narsalarga qaramay, biz ijobiy ruhiyatga tushib olishimiz kerak.
Bugun g'alaba qozonish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qildik, ko'p vaziyatlar yaratdik, lekin to'p darvozaga kirishni istamadi. Bunga izoh bera olmayman. Yoqimiz seriyani davom ettiryapmiz. O'yinchilarga og'ir bo'lyapti. Ularni ayblay olmayman», – dedi Zidan.