Britaniyaning The Sun nashri bergan ma'lumotga ko'ra "Manchester Yunayted" ispaniyalik darvozabon David De Xeani shartnomasi yakuniga yetguncha "Olt Trafford"da qolishidan umid qilmoqda. Hozirda futbolchining amaldagi shartnomasi 2020-yilgacha mo'ljallangan.
Shuningdek, De Xeaning rafiqasi ham Ispaniya poytaxtida yashashni xohlamoqda, De Xea esa oilani birinchi o'ringa qo'ygan. Bu vaziyat ham De Xeaning "Real"ga o'tishi uchun bir omil desak mubolag'a bo'lmaydi. Ammo masalaning ikkinchi tomoni "Real" ustozi Zinedin Zidan o'z jamoasida Davidni ko'rishni xohlarmikan? Zizu mavsum davomida bergan intervyularida bir necha bor Navasga ishonishini aytib o'tdi va ispaniyalik golkiperga extiyoj yo'qligini ta'kidladi. Biroq, Florentino Peres 2015-yil chala qolgan ishini oxirigacha yetkazishga qattiq bel bog'lagan.