Germaniyaning Spiegel jurnalining ma'lum qilishicha, "Real" 2013 yilda "Tottenhem"dan Garet Beylni sotib olishdan avval "Barselona" hujumchisi Lionel Messini 250 million evroga sotib olmoqchi bo'lgan.
Agar bu kelishuv amalga oshganida dunyo futbolida rekord bo'lar edi.
Jurnalning yozishicha madridliklar argentinalik yulduzga bir mavsumda 23 million evro maosh bilan 2021 yilgacha shartnoma taklif qilganlar. Messining otasiga 1 million evro bonus va'da qilingan.
Ammo "Real" bu ma'lumotlarni qat'iy inkor qilmoqda: "Bu xabar o'ylab topilgan va voq'elikka hech qanday aloqasi yo'q".
Eslatib o'tamiz, Messining "Barselona" bilan yangi shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan va uning uchun to'lanadigan tovon puli 700 million evro qilib belgilangan.