"Manchester Yunayted" klubi darvozabon David de Heani o'z safida saqlab qolmoqchi.
Darvozabonga birnecha yildan buyon "Real" qiziqib kelmoqda, shuning uchun manchesterliklar 27 yoshli ispaniyalik posbonga yangi shartnoma taklif qilmoqchilar. Uning amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan.
The Sun xabariga ko'ra, "MYu" De Heaning maoshini haftasiga 210 ming funtdan 300 ming funtga ko'tarmoqchi. Shunda darvozabon jamoa yarimhimoyachisi Pol Pogba bilan birgalikda eng ko'p haq oladigan futbolchilari bo'ladi.