«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning fikricha, uning jamoasi matbuotda "mag'zava ag'darilayotgan" darajada yomon emas. Mutaxassislarning xulosasi bo'yicha madridliklar La ligada chempionlik uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo'lishdi.
«Qaymoqranglilar» Evropa chempionlar ligasining pley-off bosqichida "PSJ"ga qarshi to'qnash kelishadi. Zidan jamoasining chorak finalga chiqish imkoniyati juda yuqori emas.
«Ijobiy holatlarni ham ko'ra olish kerak. Biz hali barcha musobaqalarda ishtirok etyapmiz. «Real» siz aytayotgandek yomon emas. Biz ijobiy energiyani topib olib, oldinga intilishimiz kerak.
Tanqidlardan charchadimmi? Ha, charchadim, lekin men hech narsani o'zgartira olmayman, o'zgartirish niyatim ham yo'q. Hammasi yomon deb aytish sizga oson, ammo barchasi unchalik qayg'uli emasligini yaxshi bilamiz. "Real" haqida tanqidiy material e'lon qilsangiz, gazeta yaxshi sotiladi», - dedi Zidan.