«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zining ayni paytdagi jismoniy holati borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«O'yinlar soni? Biz bu masalani mavsum boshida muhokama qildik. O'zimga nima kerakligini bilaman. Avvalgi 2 mavsumda men Chempionlar ligasining hal qiluvchi o'yinlari paytida charchab qolgandim. Hozir esa bir nechta o'yinlarda ishtirok etmadim va o'zimni juda yaxshi his qilyapman», – dedi Ronaldu.
Eslatib o'tamiz, «Real» va «Yuventus» o'rtasidagi EChL final bahsi 3 iyun kuni Kardiffda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.