Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov "Real"da Zinedin Zidanni almashtirishga asosiy nomzod bo'lib turibdi deya xabar beradi AS.
"Real" ushbu mavsumda yaxshi o'yin ko'rsatmayapti va matbuotda Zidanning iste'fosi haqida mish-mishlar paydo bo'la boshladi.
Frantsiyalik mutaxassisning madridliklar bilan shartnomasi 2020 yilning yozigacha tuzilgan. Ma'lumotni Zidanning o'zi ham tasdiqlagan, ammo bu Florentino Peres murabbiyni iste'foga chiqarmaydi degani emas.
2016 yilda Preres Zidan tayinlanguncha Lyov bilan uchrashgan, ammo nemis mutaxassisi JCh-2018 musobaqasi oxirigacha Germaniya terma jamoasida qolishni ma'qul ko'rgan.
Taxmin qilinishicha, Zidan iste'foga chiqsa, Peres Lyovni taklif qiladi Lyov Germaniya futbol federatsiyasi bilan 2020 yilgacha shartnoma imzolagan.