Ispaniya kubogi musobaqasida bugun chorak final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi.
Qur'adan oldin jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Ya'ni, qur'a "ko'r-ko'rona" printsipi asosida o'tkaziladi. Istagan jamoa istalgan klubga qarshi to'qnash kelishi mumkin.
Chorak final bosqichi 2ta o'yindan iborat bo'ladi. Bahslar 17 va 24 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.
Ispaniya kubogi chorak final ishtirokchilari bilan tanishtirib o'tamiz: "Real Madrid", "Alaves", "Atletiko", "Barselona", "Valensiya", "Leganes", "Sevilya", "Espanol".