Florentino Peres boshliq "Real" rahbariyati "PSJ" hujumchisi Neymarni unutgani yo'q, deya xabar beradi Marca.
"Qirollik klubi" rahbariyati jamoa o'yinidan xavotirda, shuning uchun kuchli o'yinchi emas, rostmana yulduzlarni sotib olmoqchi. Shu sababli bir nechta yulduzlar nomi keltirilmoqda, ammo madridliklarning nazdida Neymarga teng keladigani yo'q.
Manbaga ko'ra, "Real" kataloniyaliklarning sobiq futbolchisini 2019 yilning yozida sotib olmoqchi. Braziliyalik futbolchining sotib olinishi muhim strategik qaror sifatida ko'rilmoqda - Madridliklar bu transfer bilan nafaqat o'z tarkibini kuchaytiradi, balki, "Barselona"ga ruhiy zarba beradi.
"Barselona" bu kabi voqeani 2000 yilda boshdan kechirgan. O'shanda Peres "Barselona" yarimhimoyachisi Luish Figuni sotib olgan edi. Bundan tashqari, "Real" marketing borasida muhim masalani hal qilgan bo'lar edi.
"PSJ" rahbariyati Neymarni har qanday holatda ham sotilmasligini ta'kidlamoqda. Ammo madridliklar Neymarning "Real"ga o'tishga qarshi emasligiga ishonmoqdalar.