"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya kubogining 1/8 finalida "Selta" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (5:0) keyingi bosqichda "Real"ga duch kelmaslikni istayotganini bildirdi.
Qur'a 12 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
"Real" raqib bo'lishini istamasdim, ammo hozir buni gapirishdan ma'no yo'q. Bugungi o'yinda birinchi daqiqadanoq yaxshi harakat qildik. Shuning uchun qiyin bosqichda oson g'alaba qozondik.
Biz o'yinga yaxshitayyorlandik, foyda indeksimiz juda yuqori bo'ldi. 28 ta mag'lubiyatsiz o'yin? Bu uncha muhim bo'lmagan raqamlar. Oldinga qarashimiz kerak, orqaga emas va to'xtamasligimiz kerak", - deydi Valverde.