"Tottenhem" prezidenti Daniel Levi yaqin vaqtlar ichida o'z liderlarini sotmasligini ma'lum qilib o'tdi.
"Mening 100% ishonchim komil, jamoani hech bir liderlar tark etmaydi. Men har bir futbolchiga ular jamoaga kerak ekanligini aytib chiqdim. Ularga keyingi mavsumda ham biz uchun kerakligini ta'kidladim", - deydi prezident.
Ma'lumot uchun, "Real Madrid" "shporlar" hujumchisi Xarry Keynga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.