“Real” klubi Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyov bilan muzokara olib bormoqda.
“Sport.es” nashrining ma'lumotiga ko'ra, “qirollik klubi” rahbariyati 2018 yilgi jahon chempionatidan keyin Zinedin Zidanning o'rniga aynan Lyovni olib kelmoqchi. Lyov ham o'z navbatida kuchini “qirollik klubi”da sinab ko'rishga tayyor, ammo uning Germaniya futbol ittifoqi bilan 2020 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bor.
“Real” prezidenti Peres va Zidan o'rtasidagi kelishmovchilik tobora kuchayib bormoqda.