“Real” “Barselona” mo'ljallab qo'ygan futbolchini sotib olmoqchi. Bu Braziliyaning “Vitoriya” klubi yarim himoyachisi Luandir.
Ispan nashrlarida yozilishicha, “qirollik klubi” 18 yoshli futbolchining kelajakda dunyo yulduziga aylanishiga ishonmoqda. Shu bois “qaymoqranglilar” futbolchini sotib olishga jiddiy harakat qilmoqchi.