Madridning "Real" klubi yarimhimoyachi Daniel Sebalyos "Betis" jamoasiga qaytib bora olmaydi. Oldinroq "Betis" prezidenti Sebalyos qishgi transferlarda ijaraga olmoqchi ekanligini yashirib o'tirmagan edi, ammo Ispaniya futbol federatsiyasining qonunlariga ko'ra Dani "Betis"ga qaytib bora olmaydi.
Marca nashri RFEFning 126.5 moddasiga ko'ra: Agar futbolching sobiq klubida litsenziyasi bekor qilingan bo'lsa, futbolchi ayni mavsumda eski jamoasiga qaytsa litsenziya ololmaydi. Shu sababli Sebalyos yanvarda "Betis"dan boshqa istalgan klubda to'p surishi mumkin.