Bugun "Real Madrid" himoyachisi Daniel Karvaxal 26 yoshga to'ldi.
O'ng qanot himoyachisi 1992-yil 11-yanvarda Leganes shahrida dunyoga kelgan. 2013-yil "Bayer"dan qaytganidan so'ng Dani 5 mavsumdan beri "Real" libosini himoya qilib kelmoqda. U bu yillar davomida 3 marta Chempionlar Ligasi, 3 marta UEFA Superkubogi, 3 marta Klublar o'rtasidagi jahon chempionati va bir marta Ispaniya chempionati, kubogi va superkubogiga ega chiqdi.