Ispan nashrlarining ma'lumotiga ko'ra, “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres yanvardagi asosiy transfer maqsadini aniqlab oldi.
Uning qaroriga ko'ra, “Real” yanvarda bor e'tiborini “Inter” a'zosi Mauro Ikardiga qaratadi. Chunki Peres jamoaning asosiy muammosi hujum chizig'ida deb hisoblamoqda. Agar “Inter” mavsum o'rtasida hujumchisini sotishni istamasa, “qirollik klubi” Ikardini yozda xarid qiladi.