“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ba'zida muxlislarning diqqat markazidan chetroqda yurishga urinadi va buning uchun niqobdan foydalanib turadi.
Ronaldu 9 yanvar kuni Madriddagi restoranlardan biriga tashrif buyurdi. U muxlislar uni tanib qolmasligi uchun nindzaga o'xshab sharfga o'ralib oldi, faqat ko'zi ochiq edi. Biroq bu foyda bermadi, muxlislar Ronalduni tanib qolishdi va uni bir necha bor suratga olishdi.