Futbol olamida oxirgi paytlarda shunaqa voqealar sodir bo'lyaptiki, «Ilojsiz narsaning o'zi yo'q», degan naql o'z isbotini topmoqda. Neymarning «Barselona»dan 222 mln evro evaziga ketishi, Koutinoning «Barselona»ga kelishi, xullas, bunday shov-shuvli voqealarni istagancha keltirish mumkin. Ana shunday hodisalardan yana biri Ronaldu atrofidagi mojarolardir.
ASLIDA, SABAB NIMA?
Messi «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolab, maoshini sezilarli darajada oshirganidan keyin portugaliyalik futbolchining yuragiga g'ulg'ula oraladi. Go'yoki Ronaldu o'zini kamsitilgandek his qildi. To'g'ri, Messining maoshi unikidan ikki baravar ko'p, ehtimol, xuddi shu omil Krishtianuning g'ashiga tegayotgandir. Biroq oynaning ikkinchi tomoni ham bor.
Birinchidan, Messi va Ronalduning ayni paytdagi darajasi bir-biridan farq qiladi. Messi 30 yoshda, Ronaldu esa 32 yoshni qarshiladi. Tabiiyki, futbolda yosh ham katta ahamiyatga ega. Qanchalik ko'p shug'ullanmasin, baribir, ayni paytda Ronalduning maydondagi imkoniyatlari Messinikidan pastroq baholanadi. Tezligi va bo'yini hisobga olmasa, portugaliyalik yulduzning Messidan ustun jihati yo'q. Messining ustun jihati esa bor — texnika, dribling, jarima zarbalarini ustalik bilan amalga oshirish. Aynan shuning uchun ham Messining maoshi Ronaldunikidan ko'p ekanligini adolatli desa bo'ladi.
Ikkinchidan, Ronaldu bundan ikki yil oldin hozirgi Messining o'yinini ko'rsatardi, ehtimol, undan yaxshiroq o'ynardi ham. U paytda Ronaldu jamoasining har tomonlama — ham jismonan, ham ruhan etakchisi edi. Ya'ni maydonda ham ko'p ishni qoyillatardi, ham jamoasining ruhiyatini ko'tarib turardi. Bugun esa Ronaldu maydonda faqat ruhiy dalda bo'lmoqda, xolos. Kerakli vaziyatlar gollarni qalashtirib tashlaydigan va jamoasining joniga ora kiradigan Ronalduni hozir unchalik topolmayapmiz yo'q. Bu «Selta»ga qarshi o'yinda ham yaqqol bilindi. Krishtianu jamoasining joniga ora kira olmadi.
RONALDUNING O'RNI SUSAYDIMI? davomi