“Atletik” posboni Kepa Arrisabalag “Real”ga yanvarda o'tmaydigan bo'ldi. Bu haqda “AS” xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, “qirollik klubi” Kepaning transferini yozga qoldirdi. Bunga posbonning jarohati sabab bo'ldi. Kepaning o'ng oyoq suyagi singan, shu tufayli posbon yaqin orada operatsiya qilinadi va u uch oy maydonga tusha olmasligi mumkin.