“Tottenxem” hujumchisi Xarri Keyn “Real”ga o'tish shartini ma'lum qildi. Bu haqda “Diario Gol” xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Keyn “qirollik klubi”da 10-raqamda o'ynashni istayapti. Ayni paytda bu raqamda Modrich harakat qilmoqda. Shu bois “Real” Modrichning o'rniga boshqa futbolchi topish haqida o'ylamoqda. Xorvatiyalik futbolchi yozda jamoadan ketishi mumkin, shunda 10-raqamni Keyn egallaydi.
Modrichga ayni damda Italiya va Angliyadan takliflar bor.