Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Zinedin Zidanning fikrlari bir joydan chiqmay qolyati.
Ma'lum bo'lishicha, Zidan Peres xohishiga qarshi chiqgan. Ya'ni Florentino “Atletik”dan Kepa Arrisabalagani sotib olishni istagan. Ammo Zinedin bir necha bor jamoaning darvozabonlari Keylor Navas va Kiko Kasilyadan boshqa darvozabon kerak emasligini intervyularda va Peresning o'ziga ham aytgan.
Taxminlarga ko'ra bu transfer kechiktirilishi mumkin. Chunki Kepa o'zida operatsiya o'tkazgani bois yana uch haftani maydondan chetda o'tkazib yuboradi.