"Inter" sardori Mauro Ikardi qishda o'z jamoasini tark etmaydi, bu haqida Sky Sports Italia nashri xabar berib o'tadi.
24 yoshli hujumchi Milanni hozircha tark etish niyatida emas. Boz ustiga uning tovon puli 110 mln yevro qilib belgilangan. "Inter" ham o'z vaqtida hujumchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi va tovon pulini ko'tarib qo'ymoqchi.
Ma'lumot uchun, Ikardining klub bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilgacha mo'ljallangan. Hozircha unga "Real", "PSJ" va "Bavariya"dan taklif tushmoqda.