"Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema sonidan olgan jarohatidan kutilganidanda tezroq qutilmoqda. Fransuz dekabr oyining oxirida jarohat olib 3 haftaga safdan chiqgani haqida xabar berilgan edi, ammo Benzema allaqachon mashg'ulotlarda to'p bilan mashqlar o'tkazmoqda.