"Real" bosh murabbiyi Zinedin hozirda o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsata olmayotgan futbolchilardan kechmoqchi emas.
"Odamlarning fikricha, men hozir omadsiz davrni boshdan kechirayotgan futbolchilardan voz kechishim kerak. Men esa aksincha o'ylayman: Men ularning yonida bo'lishim kerak. Men klub va prezidentni qiyin ahvolga solmoqchimasman. Odamlar shunchaki, meni bilmaydilar. "Real"da hech kim klubdan ustun emas, men ham shularning biriman", - deydi Zidan.