Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo “qirollik klubi”ning Ispaniya chempionatidagi o'rni haqida gapirdi.
“Hamma bizni asabiylashgan va cho'kib borayotgan kemadagi insonlar deya o'ylamoqda. To'g'ri, bu mening “Real”ga kelganimdan keyin ko'rayotgan eng yomon natijalarim bo'lsa kerak.
Biz bundan buyog'iga ham astoydil mashg'ulotlarda ishlaymiz va g'alaba uchun kurashamiz. Bu holat bizga yoqmayapti. Har bir qo'ldan boy berilgan ochkolar bizga qattiq ta'sir o'tkazmoqda. Juda ham og'ir vaziyatda turibmiz.
Boshimizni egmasdan yana g'alaba va raqiblarni tiz cho'ktirishni istaymiz”, – dedi Marselo.