Madridning “Real” klubi La Ligada antirekordni yangilashdi. Ma'lum bo'lishicha, “qirollik klubi” La ligada 17 ta o'yin o'tkazgan, shundan eng ko'p gol urgan hujumchi hisobida atigi to'rtta gol bor.
Bu o'ziga hos antirekord 2002/03 yildan beri kuzatilmayotgandi. Hisoblarga ko'ra, madridliklarning bu mavsumda gol urish koefitsentlari ancha pasiyib ketgan. Masalan, jamoaning eng yaxshi to'purari atigi to'rtta futbolchidan tashkil qiladi ular: Krishtianu Ronaldu, Isko, Marko Asensio va “Selta”ga qarshi o'yin (2:2) dubl qayd etgan Garet Beyl.
Eslatib avvalgi rekord egasi ham aynan “Real”ning braziliyalik futbolchisi Ronaldoga tegishli edi. U 2002/03 mavsumida bor yo'g'i 7 ta gol mualiffiga aylangan.