Braziliyalik xatolari klubga qimmatga tushmoqda.
"Real Madrid" chap qanot himoyachisi Marselo o'zining eng yomon mavsumlaridan birini o'tkazmoqda. Ushbu mavsumda uning xatolari orqali bir nechta gollar o'tkazib yuborildi. "Selta"ga qarshi o'yinda o'tkazib yuborilgan ikkita golda ham braziliyalikning maydondagi harakatlaridan ma'lum.
Marselo "Balaidos"dagi o'yinda mezbonlar futbolchisi Daniel Vass bilan kurashda mag'lub bo'ldi. Maydon markazida to'p yo'qotilganidan so'ng futbolchi himoyaga qayta olmadi va uning qanotida gol amalga oshirildi. Bu Marselo uchun bu mavsumdagi birinchi xato emas edi. Ushbu mavsumda 12-raqam egasi "Madrid"ning o'tkazib yuborgan 16 ta golining 6 tasi uning qanotidan amalga oshirilgan. Bu degani 37,5% gollar 29 yoshli futbolchining xatolari orqali o'tkazib yuborilmoqda.