Oz-moz eslayman, hali yosh bola edim. Shu bosh og'riq futbolga endigina mehr qo'ya boshlagandim, men endigina futbol "jinnisi" bo'lgan paytimda hali futbol haqida hech qanday tshunchaga ega emas edim, aytishadiku futbolni "f" harfiga ham tshunaysan deb, men aynan shunday edim. Esimda, otamni ko'p so'roqqa tutardim, "eng kuchli futbolchi kim?", "eng kuchli jamoa qaysi?" deb. Otamni futbolga bo'lgan qiziqishi kuchli bo'lmasada savollarimga doim javob berardi. Lekin eng kuchli futbolchi haqidagi savolimda otam ikki buyuk insondan boshqalarni hech ham aytmasdi, o'sha paytlarda aqlim yetmagandida, lekin futbolga qiziqmaydigan otamning og'zidan bol tomip aytiladigan bu ikki ism Pele va Maradona edi, eng kuchli jamoa esa otam uchun Braziliya edi. Hozir ham shunday...
Boshqa jamoalar haqida so'raganimda o'zimizning "Paxtakor"ni ko'p bor gapirardi, "Gennadiy Krasinskiy degan futbolchi eng zo'ri edi" de'ya bod-bod takrorlayverardi. Hozir esa...