"Bavariya" vingeri Frank Riberyning fikricha 2013-yilda "Oltin to'p" unga nasib qilish kerak edi. Bilasiz, yakunda sovrin "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduga nasib qildi.
"O'shanda xuddi sovrinni mendan o'g'irlab ketishgan edi. Bunga chidab bo'lmaydi. 2013-yilda men hamma sovrinlarni yutgan edim, bundan ortiq sovrin yutib bo'lmas edi. Menga nisbatan adolatsizlik qilishdi. Mening vatanim meni qo'llab-quvvatlamadi. Shaxsan o'zim guvoh bo'ldim, vatandoshlarim Ronalduni sovringa munosib deb aytishganini. Ular xuddi portugallardek o'ylashdi. OAV bilan janjal? JCH-2010 dan keyin ularga baxona kerak edi. Butun Fransiya terma jamoadagi muammo menda deb o'yladi, xatto ota-onam ham. Men bazi fransuz OAV xatti-harakatlarini unuta olmayman. Bu chandiq men bilan qoladi, bundan ortig'i kerak emasdi", - deydi Riberi Canal+ telekanalidagi efir paytida.