"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL finalida "Yuventus"ga farshi uchrashuv oldidan jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
"O'yinlr sonini biz birgalikda muhokama qildik va qaror qabul qildik. Bu masalada aql bilan ish tutdik, chunki u ham ba'zan dam olishi kerak. Gap uning jismoniy holati pand berishida emas, balki yilning eng muhim pallasida u o'zining eng yaxshi formasida bo'lishini itayotganida.
- U chempionlar ligasida yuzinchi gol urgan futbolchi bo'ldi, buni qanday baholaysiz?
"Ronalduning natijalarini tariflashga so'z yo'q. U o'zi haqida gollari bilan gapiradi. Hozir u "Real" safida barcha musobaqalarda 400 ta dan ko'p gol urgan. Bu statistikaga ishonish qiyin, ammo u buni uddalashi mumkin", - deydi Zidan.