Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Selta”ga qarshi o'yin (2:2) dan so'ng uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bizga nima etishmadi? Ikkinchi bo'limda maqsadsiz o'yin namoyish qildik. Birinchi bo'limni ajoyib o'tkazdik. O'yin davomida qilgan xatolarimizni o'rganib chiqishimiz kerak. O'yin davomida ko'p xatto qildik. Kerakli vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Bunaqa xatolarga men javob beraman, shuning uchun vaziyatni chuqurroq o'rganib chiqishim lozim. “Selta” pressing qo'lladi, biz esa kerakli o'yin ko'rsata olmadik. Xavfli vaziyatlarda sovuqqonlik bilan harakatlanishimiz lozim. Bitta yoki uch, to'rtta o'yinda emas barcha uchrashuvlarda yaxshi o'ynashimiz lozim. Lekin hozircha buni uddalay olmayapmiz. Menimcha jismoniy holatimiz joyida. Ammo bu asosiy xatoyimiz emas, masalan ikkinchi golni noaniq harakat evaziga o'tkazib yubordik. Bo'lib o'tgan holatga izoh berolmayman. Xatolarimiz ustida ishlashga harakat qilib ko'ramiz. Peres echinish xonasiga shunchaki dalda berish uchun kirgandi”, - dedi Zidan.