Kataloniyaning “Barselona” klubi “Liverpul” yarim himoyachisi Filippe Koutinoni 160 million evro evaziga sotib olib rekordni yangiladi.
Ya'ni “anorranglilar” bir mavsum ichida eng ko'p xarajat qilgan jamoaga aylanishdi. “Barselona” yozgi va qishgi transferlar mavsumida futbolchilar xaridi uchun 312,5 million evro sarfladi.
Bu harajati bilan ular “Real” o'rnatgan rekordni yangilashdi. “Qirollik klubi 2009/10 yil mavsumida Krishtianu Ronaldu, Kaka va boshqa futbolchilar uchun 257,4 mln evro sarflashgandi.
Ammo PSJ Kataloniya klubidan ko'proq xaridlarga pul sarflagan. Ammo ular moliyaviy feir-pley qonuniga amal qilmaganliklari uchun ro'yxatdan chiqib ketishdi.
APL jamolari ichida eng ko'p pul sarflagan jamoa bu “Manchester Siti” bo'lib turibdi. “Shaharliklao” umumiy transferlar xaridi uchun 250 mln evro sarflashdi.
Ma'lumot uchun, Barselona bu mavsumda Koutino (120+40 mln evro qo'shimcha bonusi bilan) Usmon Dembele (105 mln evro), Paulino (40 mln evro ), Nelson Semedu (30,5 evro), Jerar Deulofeu (12 mln evro), Marlon (5 mln evro), Rafa Mira (15 mln evro) kabi futbolchilarni saflariga qo'shib olishgan.