"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu UEFAga intervyu berdi.
"Real"ning har bir o'yinchisi tarixga kirishni istaydi. Chempionlar ligasini ketma-ket ikki marta qo'lga kiritgan jamoa bo'lish katta sharaf.
Juda og'ir bo'lishini tushunamiz. Ammo biz "Real"miz, bu maqsad realdir. Bu o'yin "Atletiko"ga qarshi finallarga o'xshagan bo'ladi - imkoniyatlar mutalaqo teng. Har ikki jamoa raqib xatosidan foydalanib oldinga chiqishga harakat qiladi. Kim kamroq xato qilsa, o'sha g'olib bo'ladi. Umid qilamanki, bu biz bo'lamiz. Futbolchilarni va muxlislarni ajoyib o'yin kutmoqda. "Yuventus"ning himoyasi yaxshi, ammo har dom ojiz nuqtasini topsa bo'ladi.
Chempionlar ligasida g'olib bo'lish - har doim ahamiyatli voqea. Biz guruhda "Borussiya"dan ortda qolib, ikkinchi o'rin bilan chiqdik, ammo keyin "Atletiko" va "Bavariya"ni musobaqadan chiqarib yubordik. Shuning uchun finalga munosibmiz.
Zidan katta ish bajardi va o'zining dunyo darajasidagi murabbiy kanini isbotladi. Men uning futbolchilik vaqtidan o'yinlaridan zavq olar edim, unga bo'lgan hurmatim oshmoqda. Zidan ko'p ishlaydi, uni hurmat qilishadi. Bunday jamoani boshqarish osonmas, hamma ko'proq o'yin amaliyotiga ga bo'lishni istaydi, ammo Zidan o'yinni hamma futbolchilarga taqsimlay oldi.
Men chempionlar ligasida birinchi bo'lib 100 ta gol urishim haqida ko'p o'ylar edim, bunga erishganimdan xursandman. Bu maqsadni mavsum boshida o'z oldimga qo'ygandim. Men yordamlari uchun jamoadoshlarim, murabbiylar va madridlik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman - men o'ta baxtiyorman.
Mening maydondagi pozitsiyam o'zgarishsiz qolmoqda, ammo Zidan menga harakatlar erkinligini taqdim qilyapti. Oxirgi ikki mavsumni jarohatlar bilan tugatgandim, ammo uning rotatsiyasi tufayli hal qiluvchi o'yinlarga tayyorman", - deydi Ronaldu.