"Real" himoyachisi Ashraf Hakimi Ispaniya chempionatining 18turida "Selta" bilan durang (2:2) bo'lgan o'yindan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugun 3 ochko ishlashimiz mumkin edi, ammo biz kurashishda davom etamiz. Oldinda o'yinlar ko'p, boshimizni ko'tarib, oldinga intilishimiz kerak. O'yin oxirida himoyada xatoga yo'l qo'ydik, raqib gol urib, bir ochko ishlab oldi. Jamoamiz o'tgan yilgidan yomon emas. Shunchaki raqiblar bizni yaxshi o'rganishgan va bu natijalarda aks etmoqda", - deydi Hakimi.