Mavsum startini "Klassiko" bilan boshlaymiz
2016/17-yilgi mavsum mamlakat chempioni "Real Madrid"ning Ispaniya Superkubogi uchun kurash olib boradigan jamoa nomi ma'lum bo'ldi. Ispaniya kubogiga kecha ega chiqgan Kataloniyaning "Barselona" klubi "Real"ga qarshi superkubok uchun kurashadi.
Tahminiy ma'lumotlarga ko'ra dastlabki "Klassiko" 14-avgust kuni "Kamp Nou"da o'tkaziladi, javob o'yini esa 17-avgustda "Santiago Bernabeu"da bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, bu sanalar hali rasman tasdiqlangani yo'q.
Ma'lumot uchun, "Real" va "Barsa" Ispaniya Superkubogida 12 marta to'qnash kelishgan bo'lib, 6 marta "Real", 4 marta "Barselona" g'alaba qozongan va 2 ta baxs durang natijasi bilan yakunlangan.