"Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan bugungi o'yin oldidan intervyu berib o'tdi.
"Selta" haqida nima deya olasiz?
"La Liganing eng kuchli jamaolaridan biri. Ularda yaxshi futbolchilar bor va biz bilamiz bu yerda g'alaba qozonish murakkab."
"Real"ni Ronaldusiz tasavvur qila olasizmi?
"Yo'q. U - "Qirollik klubi" futbolchisi va faoliyatini shu yerda yakunlashni xohlaydi. Krishtianuni "Real"dan boshqa klubda tasavvur qila olmayman."
Serhio Ramosning jarohati haqida:
"Ko'plab futbolchilarni yo'qotmoqdamiz. Serhio - bizning lider, sardorimiz. U o'zini yomon xis etmoqda va payshanba kuni tekshiruvdan o'tkazildi va natija biz kutgandek bo'lmadi. Biz u bilan tavakkal qilishni xohlamaymiz. Oldin o'yinlar ko'p, mavsum uzoq. Umid qilaman, u uzoq muddatga safdan chiqmadi."
Qaysi pozitsiya kuchsiz deb hisoblaysiz?
"Men futbolchilarimdan qoniqmoqdaman. Men faqat o'z futbolchilarim haqida gapiraman. Biz hech kimga muxtoj emasmiz. "Real" murabbiyi sifatida shuni ayta olamanki men yangi darvozabonga muxtoj emasman, hozir aynan bizga darvozabon kerak emas. Ammo yozda biz rahbarlar va murabbiylar bilan maslaxatlashib bu haqida o'ylab ko'ramiz. So'nggi ikkita qishgi transferlarda biz hech kimni sotib olmadik.
Men jamoadan hech kimni ketishini xohlamayman. Lekin 31 yanvargacha hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Shunday ekan hozir men transferlar haqida o'ylamayapman, jamoamdan qoniqmoqdaman."