"Xetafe" darvozaboni Visente Guaita yaqin vaqtlar ichida "Kristal Pelas" klubiga o'tadi. 30 yoshli darvozabon hozirgi klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi va Tumanli albionga ko'chib o'tishni xohladi.
Guaitaning "Xetafe"dan ketishi jamoaga darvoza chizig'i borasida bosh og'riq keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli "qo'shnilarimiz" Kiko Kasilyani mavsum yakunigacha ijaraga olishi mumkin. Agarda "Madrid"ga Kepa Arrisabalaga kelib qo'shilsa.
Kasilya ushbu mavsumda 11 o'yinda maydonga tushib 9 ta to'p o'tkazib yubordi.