Ispaniyaning “Atletik” klubi bosh murabbiyi Xose Anxel Siganda darvozabon Kepa Arrisabalaga “Real” tibbiy ko'rigidan o'tmagini haqida ma'lum qildi.
51 yoshli murabbiyning aytishiga ko'ra, rahbariyat Kepaga “Real” tibbiy ko'rigidan o'tishga ruxsat bermagan. Arrisabalaga transfer mavsumi boshida madridliklar safiga qo'shilishi kutilayotgandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Real” Kepa uchun 20 million evro to'lab bo'lgani haqida xabar bergandik.