"Bavariya" yarimhimoyachisi Xames Rodrigez myunxenliklar safini tark etmoqchi emas. Kolumbiyalik futbolchining o'yini Yupp Xaynkesga manzur bo'lmoqda.
"Men "Bavariya"da qolaman. Myunxenda juda baxtliman. Boshqa hech narsa haqida o'ylashni xohlamayman. Umid qilaman, ikkinchi davrada biz barcha kuboklarni yutamiz, men "Bavariya" bilan yutuqlarga erishishni xohlayman. Yupp Xaynkes - top murabbiy, u hech kimdan kam emas. U bilan tez-tez muloqat qilamiz. Shuningdek, u ispanchani ham yaxshi biladi va menga qo'lidan kelgan yordam berib kelmoqda", - deydi Xames.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" Xamesni 2 yilga 40 mln yevro evaziga sotib olish xuquqi bilan ijaraga olgan edi.
La liga: 18-tur o'yinlariga tahmin qoldiring