Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Eden Azar “Real”ga o'tish istagi borligini yana bir marta yashirmadi.
Xabarlarga ko'ra, madridliklar vakillari so'nggi haftalarda 26 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bo'layotganini ma'lum qilishgan.
Azarning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar davom etadi. Futbolchi “Chelsi”ning yangi shartnoma tuzish borasidagi ikki taklifiga ham rad javobini berdi.
Umuman olganda, “Real” bosh murabbyi Zinedin Zidanga Azarning o'yinlari yoqadi, futbolchining o'zi esa frantsiyalik mutaxassisning muxlisi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Azarning otasi o'g'lining “Real”ga o'tishi uchun “Chelsi” bilan yangi shartnoma imzolamayotgan ekanini aytib o'tgandi.
Ammo madridliklar belgiyalik futbolchii sotib olish fikridan voz kechib, Marko Asensioga ishonishlarini bildirishgandi.