“Real” klubi yarim himoyachisi Markos Lorente Madridni tark etish haqida o'ylamoqda. 22 yoshli futbolchi “qirollik klubi”da o'yin amaliyoti ega bo'lmayotgani sabab o'ziga yangi jamoa izlashni boshlab yuborgan.
Markos xizmatilariga “Alaves”, “Valensiya” va “Malaga” klublari qiziqish bildiryapti. Eslatib o'tamiz, Lorentening “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yill o'z nihoyasiga etadi. Ma'lumot uchun, Lorente bu mavsumda 9 ta o'yin o'tkazdi.