"Real Madrid" futbolchisi Krishtianu Ronaldu bugungi mashg'ulotlardan keyin "Real Madrid" rasmiy saytiga intervyu berib o'tdi.
"Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish barcha "Real Madrid" futbolchilarining maqsadi. Biz tarixga bu musobaqani ketma-ket ikki marta g'alaba qozongan jamoa sifatida kirmoqchimiz. Bu orzu. Bizni finalda "Yuventus"ga qarshi murakkb o'yin kutib turubdi, ammo - biz "Real Madrid." Bizda g'alaba qozonish uchun yetarli imkoniyatlar bor. Bu finalda xato qilishga ikkala jamoaning ham xaqqi yo'q. Kichik xato hammasini o'zgartirib yuboradi va xato qilgan jamoa mag'lub bo'lishi hech gap emas. Umid qilaman yakunda "Real" g'alaba qozonadi. Ikkala jamoa ham o'ziga qattiq ishonadi va o'zlaridan yuqori saviya kutishmoqda. "Yuventus" - ajoyib jamoa. Ular tasodifan finalga kelib qolmagan. Qo'shimchasiga ular Italiya chempionati va kubogini yutishdi. Bunday jamoalarga qarshi o'ynash murakkab bo'ladi, xuddi "Atletiko" kabi. Har doim Chempionlar Ligasida 100 ta gol urishni xohlardim. Men buni uddaladim, lekin ancha o'yinlarni golsiz tark etdim. Lekin har doim men o'zimni bu turnida 100 ta gol kiritgan ilk futbolchi bo'lishimni bilardim va buni uddaladim. Buning uchun jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, murabbiylar va muxlislarga ham. Men juda baxtliman. Mening maydondagi pozitsiyam har doim bitta. Ko'pincha menga maydonda erkin harakat qilish yoqadi va buni menga Zidan yaratib berdi. Men hozirda maydonda aniq pozitsiya vakili emasman, qanotdami, markazdami, xullas qayerda kerak bo'lsa o'sha nuqtada bo'laman." - deydi Krishtianu Ronaldu dos Santos Aveyro.