"Real" sardori Serxio Ramosning jarohat olganligi ma'lum bo'ldi.
Jamoa bosh murabbiyi himoyachini Ispaniya kubogi 1/8 finalida "Numansiya"ga qarshi uchrashuvga (3:0) olib ketmadi.
Ma'lum bo'lishicha, Ramosning chap oyog'i mushaklari lat egan. Bugungi tibbiy tekshiruvda ana shu tashxis qo'yilgan. Bu haqida "Real" matbuot markazi xabar bergan. Norasmiy manbalarga ko'ra, futbolchi ikki haftaga safdan chiqqan.
Shu tariqa Ramos 7 yanvar kuni Li liganing 18-turida "Selta"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.