"Real Madrid" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda faoliyatini "PSJ"da davom ettirishi mumkin, bu haqida El Confidencial nashri xabar berib o'tadi.
Fransuz klubi hujumchini fair-pley qoidalarini buzmasdan sotib olmoqchi. Qatarlik shayxlar allaqachon Ronalduning vakillari bilan uchrashuv o'tkazishgan va turli xil takliflarni bildirishmoqda. Unga ko'ra "PSJ" Ronalduga xuddi Messi bilan teng miqdorda maosh taklif etishmoqda.
Portugaliyalik hujumchi Florentino Peresning Neymar borasida bildirgan fikri tufayli "Real"dan ketishni xohlamoqda. Parijliklar Ronaldu transfer yo'lida hujum chizig'i vakili Edinson Kavanini ham "Real"ga berishga tayyor. "PSJ" rahbarlari tahminan Neymar-Ronaldu-Mbappe uchligini tashkil etishmoqchi.