“Real” “Numansiya” qarshi matchda Ispaniya kubogi doirasidagi 600-o'yinini o'tkazdi.
Madrid klubi mazkur o'yinlarning 347 tasida g'alaba qozongan, 102 tasida durang o'ynagan va 151 tasida mag'lubiyatga uchragan. “Qaymoqranglilar” jami 1341 ta gol kiritib, 701 ta gol o'tkazib yuborishgan.
“Real” Ispaniya kubogidagi o'yinlar soni bo'yicha etakchi hisoblanadi. Keyingi o'rinlarda borayotgan “Atletik” va “Barselona” hisobida 581 tadan o'yin bor.